26.06.2025 11:05
319

Qozogʻistonda ayollarning niqob taqishi taqiqlanyapti



Qozogʻiston parlamentining har ikki palatasi jamoat joylarida yuzni yopadigan kiyim-kechaklarni kiyishni taqiqlovchi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi. Ushbu hujjat prezidentning imzosi uchun yuborilgan.  

“Zakon.kz”ga koʻra, gap “Huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilayotgan tuzatishlar haqida bormoqda. Joriy yilning 19 iyunь kuni bu hujjat Senatda koʻrib chiqilgan, biroq qabul qilinmagan. Baъzi oʻzgartirishlar bilan parlamentning quyi palatasi – Majlisga qaytarilgan. Bu oʻzgartirishlar kuch tuzilmalari xodimlariga uy-joy berish masalalariga taalluqli boʻlgan.

Biroq Senat aъzolari jamoat joylarida yuzni yopuvchi kiyimlarni taqiqlovchi normalarga rozi boʻlgan. Majlis deputatlari qonun loyihasini qayta koʻrib chiqqan va taklif etilgan tuzatishlarga rozilik bildirgan. Endi qonunni Prezident imzolashi kerak boʻladi.

Mavzuga aloqador