22.02.2025 09:45

Qozogʻistonda 54 ta qishloq aholisi spirtli ichimliklardan voz kechdi


Qozogʻistonning Atirau viloyati 7 ta tumanidagi 54 ta qishloq aholisi spirtli ichimliklardan voz kechdi. Bu haqda viloyat politsiya departamentiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Inder tumani Qurilis qishlogʻida 5 yil muqaddam spirtli ichimliklardan voz kechish jarayoni boshlangan. Natijada bir yil davomida qishloqda birorta ham jinoyat qayd etilmagan. Bu boshqa qishloqlarga ham ijobiy taъsir qilib, Atirau viloyatida ichkilikni tashlagan qishloqlar soni 54 taga etgan.

Ayni damda, spirtli ichimliklardan voz kechgan qishloqlar soni boʻyicha Qizilqogin tumani etakchilik qilmoqda. Bu erda 17 ta qishloq aholisi aroq ichmaydi. Rossiya bilan chegaradosh boʻlgan Qurmangʻazi tumanida ham 16 ta qishloq aholisi alkogolь mahsulotlarni sotib olmaydi. Mahambet tumanida – 7 ta, Isatayda – 6 ta, Inderda – 4 ta, Jilioyda – 3 ta, Makat tumanida esa 1 ta qishloq aholisi ichkilikdan butkul voz kechgan.

Mavzuga aloqador