04.09.2025 16:46
340

Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri hamda milliy xavfsizlik qoʻmitasi mansabdorlari hibsga olindi



Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, biznesmen Gadji Gadjiev va Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (MXQ)ning bir nechta yuqori lavozimli xodimlari hibsga olindi. Bu haqda Orda.kz nashri xabar berdi. https://orda.kz/zaderzhany-murat-nurtleu-i-gadzhi-gadzhiev-406302/

Nashrning yozishicha, Nurtleu oʻz uyida qoʻlga olingan. U bir kun avval Xitoyda boʻlib oʻtgan ShHT sammitidan qaytgandi. Vazir va Gadjievning uylarida tintuv oʻtkazilgan. Nashr ushlangan MXQ xodimlarining shaxsiga aniqlik kiritmagan.

Qozogʻiston madaniyat va axborot vaziri Aida Balaeva ijtimoiy tarmoqda davlat xizmatchilarining hibsga olinishi haqida tasdiqlanmagan maъlumotlar tarqatilayotganini yozdi. Lekin, u holatni rad ham qilmadi.

Baъzi rasmiy va norasmiy kanallar tomonidan davlat xizmatchilarining hibsga olinishi haqida tasdiqlanmagan maъlumotlar tarqatilmoqda. Esda tutish kerakki, ushbu maъlumotlarning ishonchliligini tekshirish majburiyati, aybsizlik prezumptsiyasi printsipi hamda jurnalistlik etikasi mavjud, deyiladi vazirning bayonotida.

Mavzuga aloqador