18.11.2024 11:55
Qozogʻiston "raqamli koʻchmanchilar" uchun viza talablarini soddalashtirdi
Qozogʻiston butun dunyodagi "raqamli koʻchmanchilar" - masofadan ishlovchi axborot texnologiyalari mutaxassislari, biznem-muhojirlar va sayohatchilar uchun viza talablarini soddalashtirdi. Yangi chora-tadbirlar 18 noyabrdan kuchga kirdi.
Jumladan, axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun moʻljallangan, mamlakatda uzoq muddat (90 kundan ortiq) yashash hamda bir yoki bir necha marotaba kirishni koʻzda tutuvchi Digital Nomad vizasini olish talablarini soddalashtirdi.
Neo Nomad vizasi oyiga 3000 dollardan ziyod daromad topishini tasdiqlay oladigan masofadan ishlovchi mutaxassislar olishlari mumkin. Mazkur viza ularga Qozogʻistonda onlayn ishlagan holda yashash imkonini beradi.
Mamlakat, shuningdek, biznes-viza olish shartlarini ham soddalashtirdi. Hukumat C5 vizasini oluvchi uchun talablarni kamaytirdi.
Yana bir B9 vizasi talab yuqori boʻlgan mutaxassislar (masalan, neftʻ-kimyo, togʻ-kon sohalarida) moʻljallangan. Viza ularga mamlakatda koʻproq qolish va yashash guvohnomasi olish uchun ariza topshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, oilalarning birlashuvi engillashdi. Nikoh orqali fuqarolikni olish muddati uch yildan bir yilga qisqardi.
Ushbu oʻzgarishlar Qozogʻistonning sarmoyaviy muhitini yaxshilash, iqtidorli mutaxassislarni jalb etish vhamda mamlakatni xalqaro biznes va turizm uchun yanada jozibador yoʻnalish sifatida targʻib etishga qaratilgan.
Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri 40 dan ortiq yirik kompaniyalar Rossiyadan Qozogʻistonga koʻchib oʻtdi. Ularning umumiy qiymati 1,5 milliard dollardan oshadi, degan edi Qozogʻiston milliy iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Bauyrjan Kudaybergenov joriy yilning mart oyida.
Bosh qarorgohi va ishlab chiqarishini Rossiyadan Qozogʻistonga koʻchirgan kompaniyalar orasida Amerikaning Honeywell, Avstraliyaning Fortescue, Yaponiyaning Marubeni, shuningdek, Xitoyning TikTok va InDrive kompaniyalari bor. Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi Qozogʻistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda: joriy yilning sentyabrʻ oyida kompaniya Rossiya bilan chegaradan 150 km uzoqlikda joylashgan Kostanay shahrida zavod qurilishini boshladi.