03.05.2024 07:10

Tojikiston 25 davlat uchun vizasiz rejim joriy qildi


1 maydan boshlab 25 davlat fuqarolari Tojikistonga 30 kungacha muddat vizasiz kelishlari mumkin boʻldi. Yana 16 davlatning 55 yoshdan oshgan fuqarolari 14 kungacha vizasiz kirishga ruxsat oldi. 14 ta davlat fuqarolari esa Tojikistonga vizalarni soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin boʻladi.
Tojikiston 25 davlat uchun bir tomonlama vizasiz rejim joriy qildi, deya xabar bermoqda Tojikiston TIV matbuot xizmati
Fuqarolari 1 maydan boshlab 30 kungacha bir tomonlama vizasiz Tojikistonga tashrif buyurishi mumkin boʻlgan 25 ta davlat: Andorra, Bagama orollari, Bosniya va Gertsegovina, Braziliya, Bolgariya, Kosta-Rika, Kipr, Irlandiya, Malta, Marshall orollari, Meksika, Moʻgʻuliston, Chernogoriya, Ummon sultonligi, Ruminiya, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, San-Marino, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Solomon orollari, Sent-Vinsent va Grenadinlar, Vatikan, Falastin (diplomatik va xizmat/maxsus pasportlar).
55 yoshdan oshgan fuqarolari Tojikistonga 14 kungacha vizasiz kirishlari mumkin boʻlgan 16 ta davlat: Albaniya, Jazoir, Barbados, Vanuatu, Vʻetnam, Dominika, Xitoy, Laos, Livan, Madagaskar, Marokash, Nikaragua, Panama, Shimoliy Makedoniya , Tunis, Fiji.
14 ta davlat fuqarolari esa Tojikistonga vizalarni soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin boʻladi. Roʻyxatga Iroq, Falastin, Suriya, Marshall orollari, Solomon orollari, Vanuatu, Sudan, Madagaskar, Falastin, Gaiti, Uganda, Ruanda, Nigeriya va Efiopiya kiradi.

Mavzuga aloqador