08.09.2025 12:36
153
Qozogʻiston prezidenti yirik islohotni boshlamoqchi
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmard Toʻqaev xalqqa murojaatida mamlakat parlamenti isloh qilinishini maъlum qildi.
Toʻqaevning rejasiga koʻra, hozirgi ikki palatali parlament oʻrniga bir palatali parlament tashkil etilishi kerak.
U shuningdek, oʻn yillar davomida Senat rahbari boʻlganini va qonun chiqaruvchi organni isloh qilish haqidagi gaplar 20 yildan beri davom etib kelayotganini eslatgan.
“Islohotning gʻayrioddiy xususiyatini hisobga olgan holda, muhokamani oʻtkazish uchun kamida 1 yil talab etiladi. Shundan soʻng 2027 yilda umummilliy referendum oʻtkazish, keyin esa Konstitutsiyaga zarur oʻzgartirishlar kiritish mumkin boʻladi. Davlat taqdiriga oid barcha masalalar faqat xalq roziligi bilan hal etilishi lozim”, degan Qozogʻiston prezidenti.
Siyosatchiga koʻra, Majlisning hozirgi tarkibi oʻz vakolatlarini tugatgunga qadar odatdagidek faoliyat yuritadi. Siyosiy partiyalar esa bu vaqt ichida raqobatga tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻladi.