22.11.2024 07:51

Qozogʻiston prezidenti Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan koʻrsatmalar berdi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev Ukrainadagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan tegishli idoralarga muhim harbiy va fuqarolik obʻʻektlari xavfsizligini taʻʻminlash boʻyicha shoshilinch choralar koʻrishni topshirdi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev bosh vazir, Prezident maʻʻmuriyati va barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlariga, shuningdek, hokimlarga yaqin atrofdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan muhim harbiy va fuqarolik obʻʻektlari xavfsizligini taʻʻminlash boʻyicha shoshilinch choralar koʻrishni topshirdi, deyach xabar qildi prezident maslahatchisi va matbuot kotibi Berik Uali.
Qozogʻiston parlamenti palatalari raislariga koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʻʻlumot berildi. Mamlakatdagi vaziyat prezidentning shaxsiy nazorati ostida ekani qayd etildi.
“Davlatimiz uchun barqarorlik, osoyishtalik, qonun va tartibni saqlash asosiy strategik maqsaddir. Qozogʻiston bir necha bor ikki slavyan xalqi oʻrtasidagi adovatni toʻxtatish masalasini muzokaralar yoʻli bilan hal etish tarafdori boʻlgan”, - deya taʻʻkidladi Uali.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ham  dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan sharoitda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar va maʻʻnaviy salohiyatini oshirishga eʻʻtibor yanada kuchaytirilishini maʻʻlum qilgan edi.

Mavzuga aloqador