20.06.2025 14:37
88
Qozogʻiston oʻzining uran koni ustidan nazoratni qaytarib oldi
Qozogʻiston milliy atom kompaniyasi – "Kazatomprom" Rossiyaning "Rosatom" kompaniyasi bilan sheriklikda foydalanayotgan yirik uran konlaridan biri – "Budyonovskoe" ustidagi nazoratni rasman oʻziga qaytarib oldi.
FNB "Samruk-Kazyna" jamgʻarmasining hisobotida keltirilishicha, endilikda kon faoliyati ustidan nazorat Qozogʻistonga oʻtgan. Ulush hajmi shaklan oʻzgarmagan –51 foiz boʻlsa-da, "Budyonovskoe"dagi qazib olish hajmini qoʻshnilarimiz mustaqil belgilash huquqiga ega boʻlgan.
Hisobotda aytilishicha, qozoqlar nazoratni qoʻlga kiritish uchun hech qanday pul toʻlagani yoʻq. Ushbu kon strategik ahamiyatga ega boʻlib, undagi uran zaxiralari 114 ming tonna deb baholangan.