Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasi tashkil etilishi mumkin
Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida boj olinmaydigan maxsus savdo zonasi tashkil etilishi mumkin. Samarqandda boʻlib oʻtgan hududlararo forumda Mangʻistau viloyati hokimi ushbu taklifni ilgari surdi. Shuningdek, Mangʻistau va Oʻzbekistonni bogʻlaydigan avtomobilʻ yoʻli qurilayotgani maʻʻlum qilindi.
22
oktyabrʻ kuni Samarqandda oʻtgan Qozogʻiston va Oʻzbekiston hukumatlarining qoʻshma
hududlararo forumida Mangʻistau viloyati hokimi Nurdaulet Qilibay Mangʻistau
viloyati va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish boʻyicha
qator takliflar bilan chiqdi. Bu haqda Gazeta.uz Mangʻistau hokimligi matbuot
xizmatiga tayanib xabar qildi.
Qayd etilishicha, Mangʻistau va Oʻzbekistonni bogʻlaydigan
avtomobilʻ yoʻli qurilmoqda. Avtomobilʻ qatnovi Qozogʻiston hududidagi «Tajen»
bojxona postigacha amalga oshiriladi. Yaqinda Qoraqalpogʻiston markazidan mamlakat
chegarasigacha boʻlgan yangi avtomobilʻ yoʻli foydalanishga topshirildi. Bu kelajakda
Mangʻistau viloyati va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish
imkonini berishi qayd etildi.
Nurdavlet Qilibayning soʻzlariga koʻra, mintaqaning ulgurji
bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavot, meva va quruq mevalarning
katta qismi Oʻzbekistonning Buxoro, Samarqand, Nukus va Sirdaryo dalalaridan
keltiriladi. «Tajen» bojxona posti orqali kuniga 250−300 ga yaqin fura oʻtadi,
shundan oʻrtacha 25−30 fura Mangʻistau viloyatiga joʻnatiladi. Bu qariyb 11 ming
tonna mahsulot degani.
«Delegatsiyamiz tarkibida mamlakatning eng yirik ulgurji
tarqatish markazlaridan biri boʻlgan „ORTs Aktau“ MChJ taʻʻsischisi ishtirok etmoqda.
Ayni paytda ular zarur savdo maydonini taqdim etishga toʻliq tayyor va Oʻzbekiston
tadbirkorlarining aniq qadamlarini kutmoqda. U erda „Oʻzbekistonda ishlab
chiqarilgan“ savdo maydonchasini ochib, qishloq xoʻjaligi yarmarkalarini tashkil
etishni istardik», — dedi Nurdavlet Qilibay.
Shuningdek, hududlararo forumda Mangʻistau viloyati hokimi ikki
mamlakat oʻrtasidagi savdo aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida chegaradosh
hududda «Xorgos» nomli boj olinmaydigan maxsus savdo zonasini tashkil etish
taklifini bildirdi. Savdo-iqtisodiy zonaning ochilishi Mangʻistau viloyati va
Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 4 barobar oshirish imkonini berishi
koʻrsatib oʻtildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda turizm va qishloq xoʻjaligi
sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Misol uchun, Oʻzbekiston turoperatorlari
uchun Mangʻistau viloyatining tarixiy, madaniy va turistik joylariga tashrif
buyurishni oʻz ichiga olgan turpaketlar ishlab chiqilgani va 2025 yildan boshlab oʻz
faoliyatini boshlashga tayyor ekani taʻʻkidlandi.
Uchrashuv yakunida Mangʻistau viloyati hokimligi bilan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beyneu va Xoʻjayli tumanlari oʻrtasida hamkorlik
toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Maʻʻlumot uchun, Mangʻistau viloyatida Oʻzbekiston ishtirokida 140
ta korxona roʻyxatga olingan. 2023 yil yakunlariga koʻra, hududning Oʻzbekiston
bilan tashqi savdo aylanmasi 13,2 million dollarni tashkil etdi. Oʻzbekistondan
importning umumiy tovar aylanmasidagi ulushi qariyb 25 foizni tashkil etadi.