Qozogʻiston oligarxlar pullari toshqin oqibatlarini bartaraf etishga yoʻnaltiriladi
Qozogʻistonda xorijda noqonuniy yoʻllar bilan pul yuvishga uringan oligarxlardan tortib olingan 40 milliard tengedan (90 million dollar) ziyod mablagʻ ijtimoiy dasturlar, jumladan, mamlakat shimolida roʻy bergan suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etishga sarflanishi maʻʻlum qilindi.
Qozogʻiston
oligarxlardan tortib olingan 90 million dollarning bir qismini suv toshqini
muammolarini hal qilish uchun ishlatmoqchi, deb yozmoqda Yeni Şafak nashri.
Qayd etilishicha,
oʻtgan yil davomida Qozogʻistonning noqonuniy aktivlarini qaytarish komissiyasi
qozogʻistonlik oligarxlar xorijda noqonuniy yoʻllar bilan pul yuvishga uringan 40
milliard tengedan (90 million dollar) ortiq mablagʻni mamlakat byudjetiga
qaytarishga muvaffaq boʻlgan.
Qozogʻiston
ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, respublika hukumati bu mablagʻlarni
ijtimoiy dasturlarga sarflashga qaror qilgan. Unga koʻra, mablagʻning asosiy qismi
Qozogʻiston shimolidagi suv toshqini qurbonlariga yoʻnaltiriladi. Komissiya,
shuningdek, 7 milliard tenge (15,8 million dollar) miqdorida investitsiya
shartnomalarini tuzishni maʻʻqulladi. Shu tariqa, rasmiylar aktivlarni qaytarish
boʻyicha qonunga boʻysunuvchi oligarxlarni Ostona va Chimkentda ikkita infratuzilma
obʻʻekti qurish majburiyatini yuklashga qaror qildi.
“Aktivlarni qaytarish boʻyicha olib borilayotgan ishlar davlat
rahbarining ijtimoiy adolatni tiklash yoʻlidagi yoʻnalishining bevosita timsolidir.
Qaytarilgan barcha mablagʻ Qozogʻiston xalqi manfaati uchun sarflanmoqda”, — dedi
Qozogʻiston bosh vaziri Oljas Bektenov.
Ostona va Chimkentdagi loyihalar nafaqat infratuzilmani
rivojlantirishga, balki respublika uchun iqtisodiy oʻsish dvigateliga aylanishga
qaratilgan. Hukumat yangi ish oʻrinlari yaratish va soliq tushumlarini koʻpaytirishdan
ikki tomonlama foyda kutmoqda: iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish bilan birga
dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilish.
26 aprelʻ kuni bosh vazir matbuot xizmati mamlakat shimoli va
markazidagi toshqinlardan jabr koʻrgan 12 642 oilaga hukumat tomonidan tovon puli
toʻlangani haqida xabar berilgan edi. Bugungi kunga qadar jabrlangan hududlar
aholisidan yordam soʻrab 21 658 ta murojaat kelib tushgan. Oxirgi ikki hafta ichida
rasmiylar 468 ta uyda taʻʻmirlash ishlari uchun 645 million tengedan (1,5 million
dollar) koʻproq mablagʻ ajratdi.
Qozogʻiston fuqaro muhofazasi xizmatlari Atirau, Aqtoʻbe,
Gʻarbiy Qozogʻiston va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida suv toshqini oqibatlarini
bartaraf etishda davom etmoqda. Suv toshqinlari shu hafta choʻqqisiga chiqishi, 1 maydan boshlab mintaqada suv
sathining bosqichma-bosqich pasayishi kutilmoqda.
Avvalroq Qozogʻiston FVV mamlakatda suv toshqini
tufayli 6,5 mingdan ortiq odam evakuatsiya punktlarida qolayotgani, mutaxassislar Atirau, Aqtoʻbe,
Gʻarbiy Qozogʻiston va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida suv toshqinlarini bartaraf
etish va aholiga yordam koʻrsatish ishlarini davom ettirayotganini maʻʻlum qilgan edi.