Qozogʻiston mahalliy dronlarini sinovdan oʻtkazdi
Qozogʻistonda mahallik korxonalar tomonidan Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchish apparatlarining ilk sinovlari boʻlib oʻtdi. Ular zamonaviy videokuzatuv kameralari, datchiklar, masofa oʻlchash vositalari va teplovizorlar bilan taʻʻminlangan.
Qozogʻistonda Qozogʻiston korxonalari vakillari tomonidan
Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchish
apparatlarining ilk
sinovlari boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Respublika Mudofaa vazirligi matbuot
xizmati.
Xabarda
qayd etilishicha, barcha uchuvchi
texnikalar zamonaviy videokuzatuv vositalari, datchiklar, masofa oʻlchash asboblari va teplovizorlar
bilan jihozlangan. Mutaxassislar eʻʻtiboriga havoga turli usullarda – katapulʻta, maxsus rezina
belbogʻlar, joyidan – vertolyotga oʻxshab vertikal koʻtarilib, samolyot
kabi uchishda davom etadigan
dronlar namoyish etildi.
“Ushbu dronlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan va qisqa
vaqt ichida yaratilgan.
Ularning mehnati natijasini aniq koʻrib, baholay oldik. Albatta, takomillashuvlar talab
qilinadi. Va shunga qaramay, bu yaxshi boshlanish”, ‑ dedi Qozogʻiston Qurolli Kuchlari Bosh
shtabi ofitseri, polkovnik Erjan Jakashev.
Qayd etilishicha, mahalliy ishlab chiqarish korxonalari
harbiylarning barcha talab va iltimoslarini inobatga olishga harakat qilgan.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan dronlarning qabul qilinishi byudjet mablagʻlarini sezilarli darajada
tejaydi, ularni
keyinchalik texnik xizmat koʻrsatish va modernizatsiya qilish masalalarini tezkorlik
bilan hal qiladi, deyiladi vazirlik
xabarida.
“Bizda juda samarali “kecha‑kunduz” kameralari, joylashuvni aniqlash funktsiyasi, lazer diapazoni va oʻq-dorilarni
chiqarish tizimi mavjud. Bunday xususiyatlar artilleriyani nishonlarga yoʻnaltirishga
imkon beradi. Oʻylaymanki, ular Qurolli Kuchlar mutaxassislari tomonidan ijobiy
baholanadi”, — dedi ishlab chiqaruvchi vakili Aybek Axish.