05.11.2024 10:44

Qozogʻiston Livandan 40 dan ortiq fuqarolarini evakuatsiya qildi

Qozogʻiston Istanbul va Dubay orqali Livandagi 40 dan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi. Amaliyot jangovar hududda qolgan Qozogʻiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan.

Qozogʻiston Livandan 40 dan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi. Bu haqda Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Tokaevning topshirigʻiga binoan, shuningdek, Qozogʻistonning tegishli davlat organlari koʻmagida Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʻʻzolari Livandan evakuatsiya qilindi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, bu operatsiya Istanbul va Dubay shaharlari orqali amalga oshirilgan. Maʻʻlumotlarga koʻra, 2024 yil 17 oktyabrdan 31 oktyabrgacha Bayrutdan Ostona va Olmaota shaharlariga 41 kishi eson-omon qaytgan.

Evakuatsiya jangovar zonada qolgan Qozogʻiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.

Oktyabrʻ oyi boshida Tashqi ishlar vazirligi Livan va Isroildagi qozogʻistonliklarni imkon qadar tezroq oʻz elchixonalari bilan bogʻlanishga chaqirdi.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Xagariy yaqin soatlarda Isroil harbiy-havo kuchlari Livanga, jumladan, Bayrut hududiga yangi qator zarbalar berishini aytgan edi.

 

Mavzuga aloqador