05.02.2024 13:36

Qozogʻiston hukumati isteʻʻfoga chiqdi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev mamlakat hukumati isteʻʻfosini qabul qilishuvchi farmonni imzoladi. Bosh vazir vazifalari vaqtincha Roman Vasilevich Sklyar zimmasiga yuklandi.

2024 yil 5 fevralʻ kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev “Qozogʻiston Respublikasi hukumati toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda Zakon.kz.

Farmon matniga koʻra, mamlakat Konstitutsiyasining 70‑moddasiga muvofiq, prezident Qozogʻiston hukumatining isteʻʻfosini qabul qilishga qaror qildi.

“Qozogʻiston Respublikasi bosh vazirining vazifalari vaqtincha Roman Vasilevich Sklyar zimmasiga yuklansin”, — deyiladi hujjatda.

Farmonda, shuningdek, prezident Qozogʻiston hukumati aʻʻzolariga “hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha oʻz vazifalarini bajarishda davom etish”ga qaror qilgani aytiladi.

Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi

Mavzuga aloqador