21.05.2025 12:07
118
Qirgʻizistonda sud majlislarini audio va videoga yozib olish majburiy boʻldi
Qirgʻizistonda sud majlislari audio va videoga yozib olish majburiy boʻldi
Kecha, 20 may kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Ushbu hujjat orqali Jinoyat-protsessual kodeksi va sud tizimiga "video-konferents-aloqa" va "translyatsiya" tushunchalari kiritiladi.
Shuningdek, endilikda Qirgʻizistonda sud majlisining borishi audio va video vositalar orqali majburiy tarzda qayd etiladi.
Agar sud majlisining audio va video yozuvlari mavjud boʻlmasa, bu – sud qarorini oʻzgartirish, qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish uchun asoslardan biri sifatida tan olinadi.
Bundan tashqari, jinoyatning ogʻirligiga qarab garovning eng kam miqdorlari belgilanadi.
Hozircha jinoyat qonunchiligiga kiritilayotgan oʻzgarishlar qachondan kuchga kirishi va tartiblari haqida maъlumot berilmagan.