08.04.2025 14:11
470
Qirgʻizistonda masjidlar soni cheklanishi mumkin
Qirgʻiziston hukumati aholi punktlarida masjidlar, ibodatxonalar, cherkovlar va boshqa diniy obъektlar sonini cheklamoqchi.
Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qirgʻiziston Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasiga koʻra, 2021 yildan boshlab mamlakat hududida ilgari qurilgan, biroq roʻyxatdan oʻtmagan diniy obъektlarni roʻyxatga olish kampaniyasi boshlangan.
Ushbu kampaniya davomida noqonuniy faoliyat yuritayotgan 644 ta diniy muassasa aniqlangan. 2023 yil boshiga kelib, yana 200 dan ortiq xuddi shunday qurilishlar aniqlangan.
Shu bilan birga, har kuni mahalliy davlat boshqarmalariga masjid qurilishi uchun moliyaviy yordam soʻralgan murojaatlar tushyapti, deyiladi xabarda.
Mamlakatda masjidlar sonining cheklanishiga qurilish ishlari aholi ehtiyojini hisobga olmagan holda olib borilayotgani sabab qilib koʻrsatilgan.