14.03.2025 09:38
164

Qirgʻiziston va Tojikiston 23 yillik chegara nizosiga barham berdi

Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon davlat chegarasi boʻyicha kelishuvni imzoladilar. Bu bilan qariyb 23 yil davom etgan muzokaralar yakunlanib, uzunligi taxminan 980 kilometr boʻlgan bahsli hududlar masalasi hal qilindi.

Imzolash marosimi 13-mart kuni Bishkek shahrida, Tojikiston prezidentining davlat tashrifi doirasida «Intimoq Oʻrda» rezidensiyasida boʻlib oʻtdi.

Japarov ushbu kelishuvni muhim ahamiyatga ega voqea deb atab, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash zarurligini taъkidladi. Oʻz navbatida, Rahmon imzolangan hujjatlar toʻplami ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochishini qayd etdi.

Shundan soʻng ikki mamlakat delegatsiyalarining muzokaralari boʻlib oʻtdi. Unda har ikki mamlakat manfaatiga xizmat qiluvchi qator kelishuv hujjatlari imzolandi.

Mavzuga aloqador