14.03.2025 20:28
431

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun oʻzaro vizasiz rejim joriy etiladimi?

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo davlatlariga oʻzaro vizasiz rejim joriy etish va chet elliklar uchun yagona viza — “Silk Road Visa”ni ishga tushirishni taklif qildi. Bu tashabbus 2018 yildan beri muhokama qilinayotgan boʻlsa-da, hali amalga oshmagan.


Japarov, shuningdek, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi 101 yildan beri hal boʻlmagan chegara masalasi yakuniga etganini taъkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, bu nafaqat ikki davlat, balki butun Markaziy Osiyo uchun muhim voqea. 19 mart kuni mazkur bitim Qirgʻiziston parlamentiga ratifikatsiya uchun taqdim etiladi.


“Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻzaro vizasiz rejimni, boshqa davlatlardan kelgan mehmonlar uchun esa Shengen vizasi kabi mintaqaning barcha mamlakatlari boʻylab erkin harakatlanish imkonini beruvchi yagona vizani joriy etish jarayonini boshlashi kerak”, deb yozdi Japarov oʻzining Facebook sahifasida.


Prezident davlat chegarasi umumiy manfaatlar asosida hal qilinishini taъkidlab, koʻchirilgan aholi zamonaviy uylar bilan taъminlanishini vaъda qildi.


“Endi aytish mumkinki, mintaqaning barcha davlatlari oʻzaro chegara masalalarini uzil-kesil hal qildi. Shu vaqtdan boshlab Markaziy Osiyoda abadiy tinchlik oʻrnatildi”, deya taъkidladi Qirgʻiziston prezidenti.

Mavzuga aloqador