04.06.2025 13:05
131
Qirgʻiziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5 yilga qamaldi
Bishkekning Pervomaysk tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atambaevni qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, uni sirtdan 11,5 yil qamoq jazosiga hukm qildi.
Atambaev Chuy viloyati Qoʻy-Tosh qishlogʻida er uchastkalarini noqonuniy yoʻl bilan olganlikda, korruptsiyaga yoʻl qoʻyganlikda, shuningdek, 2019 yil da ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda aybdor deb topilgan.
Bundan tashqari, sobiq prezidentning mol-mulki musodara qilinadi va u barcha davlat mukofotlaridan mahrum etiladi.
Mazkur jinoyat ishi doirasida yana bir nechta yuqori martabali amaldor, jumladan, prezident administratsiyasining sobiq rahbari Faril Niyozov hamda parlament sobiq deputati Irina Karamushkina ham sudlangan. Niyozov 7 yil 8 oyga, Karamushkina esa 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.