15.05.2025 15:07
34
Qirgʻiz imomlari stipendiya olishni boshladi
Qirgʻizistonda masjid imomlariga stipendiya toʻlash boshlandi. https://www.instagram.com/p/DJom4ZkCUeV/?igsh=QkFHSTZCdk9FTA%3D%3D
Musulmonlar diniy idorasining xabar berishicha, ushbu stipendiya diniy soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida berilmoqda. Dastlabki bosqichda imomlar har oyda 8 ming som (taxminan 91 dollardan ortiq) miqdorda pul oladi.
Stipendiyalar mamlakatning barcha hududlaridagi masjidlarda rasman roʻyxatdan oʻtgan imomlarga toʻlanadi. Diniy idora bu ularning xayr-ehson va tashqi yordamga muhtojligini kamaytirishini maъlum qilgan.
Maъlumot uchun, ushbu dasturning boshlanishi haqida birinchi marta prezident Sadir Japarov 2024 yil dekabrь oyida aytib oʻtgan edi. Oʻshanda u 2025 yilning mart oyidan boshlab imomlar oyiga 8 ming somdan maosh berilishini, yil oxiriga kelib esa toʻlovlar miqdori 20 ming somgacha (salkam 229 dollar) oshirilishini maъlum qilgan.