12.07.2025 13:15
87
Qimorvoz mansabdorlar ishdan boʻshatildi, Qozogʻistonda
Qozogʻistonning Uralsk shahrida qimor oʻyinlarida qatnashgani uchun 24 nafar amaldor intizomiy jazoga tortilgan, ulardan 16 nafari lavozimidan ozod etilgan.
Prokuraturaning maъlum qilishicha, gap shahar hokimligi, moliya boshqarmasi va militsiya xodimlari haqida ketmoqda. Ular bukmekerlar orqali, jumladan, taqiqdan keyin ham qimorga pul tikishgan.
Bayonotda keltirilishicha, 2024 yil 9 sentyabrdan boshlab davlat xizmatchilarining qimor oʻyinlarida qatnashishi va pul tikishi, shu jumladan onlayn rejimda ishtirok etishi qonunbuzarlik hisoblanadi.