20.01.2024 10:08

Qasim-Jomart Tokaev Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi

Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Tokaev Vatikanda katoliklarning diniy etakchisi - Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi. Rim papasi Qozogʻiston prezidentiga tinchlik va barqarorlikka qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi, Qasim-Jomart Tokaev esa Qozogʻistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik katolik jamoati istiqomat qilishini aytdi.

Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Tokaev Vatikanda katoliklarning maʻʻnaviy etakchisi - Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi. Prezident maʻʻmuriyati bayonotiga koʻra, Tokaev Italiyaga tashrifining ikkinchi kuni Rim papasi Frantsisk bilan uchrashgan.

Uchrashuv chogʻida Tokaev koʻp konfessiyali Qozogʻistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik katolik jamoati istiqomat qilishini aytdi.

“Mamlakatimizda turli din vakillari oʻz diniy burchlarini oʻz ziyoratgohlarida bajarishlari mumkin. Diniy erkinlik huquqini himoya qilish siyosatimizning ajralmas qismidir”, - dedi u.

Qayd etilishicha, Tokaev Rim papasi Frantsiskga dunyodagi mojarolarga barham berish borasidagi saʻʻy-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

“Hozirgi geosiyosiy notinchlik butun global xavfsizlikka putur etkazmoqda va insoniyatga ulkan azob-uqubatlar va iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Qozogʻiston masʻʻuliyatli davlat sifatida global tinchlik va xavfsizlikni saqlashga katta hissa qoʻshmoqda. Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining sayyoramizning turli qaynoq nuqtalarida tinchlikparvarlik missiyalarida qatnashamiz”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Rim papasi Frantsisk ham Tokaevga tinchlik va barqarorlikka qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tokaev Vatikanning davlatlar bilan aloqalar boʻyicha kotibi (tashqi ishlar vaziri) Pol Richard Gallager bilan ham uchrashdi, shuningdek, Vatikan muzeyiga tashrif buyurdi. 

Mavzuga aloqador