25.03.2024 08:12

Qandahordagi teraktni Oʻzbekiston fuqarosi amalga oshirgani aytilmoqda

Afgʻoniston razvedka xizmati Qandahordagi bank binosida xudkushlik hujumini Oʻzbekiston fuqarosi Asadbek Madiyarov amalga amalga oshirganini maʻʻlum qildi. U teraktdan ikki oy oldin Pokistonning Balujiston viloyatiga etib kelgan va u erda IShID-Xuroson asosiy oʻquv lagerlaridan birida tayyorgarlikdan oʻtgan.

Afgʻoniston razvedkasi manbalariga koʻra, Qandahordagi xudkushlik hujumini Oʻzbekiston fuqarosi Asadbek Madiyarov amalga oshirgan. Sputnik Afganistan maʻʻlumotlariga koʻra, u teraktdan ikki oy oldin Pokistonning Balujiston viloyatiga etib kelgan va oʻsha erda IShID-Xuroson asosiy oʻquv lagerlaridan birida hujum rejasini olgan.

Aytilishicha, Muoviya Panjsheriy nomi ostida yashiringan xudkush-terrorchi 150 kishi maosh olish uchun navbatda turgan vaqtida oʻzini portlatib yuborgan. Hodisa oqibatida 26 kishi halok boʻldi, 50 kishi jarohatlandi.

Shuningdek, razvedka xizmatlari yanvarʻ oyida Eronning Kirman shahrida terakt sodir etgan IShID-Xuroson jangarilari Toriq va Abdulla ham (ikkalasi ham Tojikiston fuqarolari boʻlgan) oʻsha oʻquv lagerida tayyorgarlikdan oʻtganini aniqladi, deb yozdi Sputnik Afganistan.

Mavzuga aloqador