19.03.2024 11:35

Pokiston harbiylari Afgʻonistonda aksilterror amaliyotlarini oʻtkazdi – TIV

Pokiston harbiylari Afgʻoniston hududida “Hofiz Gul Bahodur” guruhi jangarilariga qarshi aksilterror amaliyotlarini oʻtkazdi.

Pokistonlik harbiylar Afgʻonistonda aksilterror amaliyotlarini oʻtkazdi, deya xabar qildi Pokiston TIV matbuot xizmati.

“Operatsiya nishoni Pokistonda taqiqlangan “Tahriki Tolibon Pokiston” tashkiloti bilan bir qatorda Pokistonda yuzlab tinch aholi va huquq-tartibot xodimlarining oʻlimiga olib kelgan koʻplab teraktlar uchun javobgar boʻlgan “Hofiz Gul Bahodur” guruhi terrorchilari boʻldi”, - deyiladi TIV bayonotida.

Sinʻxua agentligining maʻʻlum qilishicha, soʻnggi hujum bir necha kun oldin sodir boʻlgan: Pokiston shimoli-gʻarbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining Shimoliy Vaziriston tumani Mir Ali hududidagi xavfsizlik nazorat punktiga hujum uyushtirilgan. Etti nafar Pokiston askari halok boʻlgan.

Pokiston Afgʻoniston suvereniteti va hududiy yaxlitligiga katta ahamiyat beradi va afgʻon xalqiga katta hurmat bilan qaraydi, deya taʻʻkidladi TIV. Shuning uchun Islomobod har doim terrorchilik tahdidiga qarshi kurashish uchun muloqot va hamkorlikka ustuvor ahamiyat qaratgan, deyiladi bayonotda.

“Shu sababli Pokiston terrorizmga qarshi kurashda birgalikda echim topish va har qanday terror tashkilotining Afgʻoniston bilan ikki tomonlama munosabatlariga putur etkazishiga yoʻl qoʻymaslik ustida ishlashni davom ettiradi”, - deya maʻʻlum qildi vazirlik.

Mavzuga aloqador