17.06.2025 07:00
53
Prezident “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etadi
Prezident Shavkat Mirziyoev Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev taklifiga binoan "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etish uchun bugun, 17 iyunь kuni amaliy tashrif bilan Ostonada boʻladi.
Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy raisi Si Tszinpin ishtirok etadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi koʻp tomonlama hamkorlik masalalari koʻrib chiqiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Yakunda qoʻshma hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Sammit doirasida Mirziyoev Xitoy raisi bilan ikkitomonlama uchrashuv ham oʻtkazadi.
Bu formatdagi birinchi sammit 2023 yil may oyida Xitoyning Sian shahrida boʻlib oʻtgan edi.