07.07.2025 12:05
38
Poytaxtda tilanchilik qilib yurgan 70 kishiga maъmuriy qamoq jazosi berildi
Toshkent shahrida tilanchilikni oʻziga kasb qilib olgan 1880 nafar shaxs aniqlandi. Bu haqda poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi maъlum qildi.
Qayd etilishicha, tilanchilik qilish qonun bilan taqiqlangan boʻlishiga qaramasdan, ayrim shaxslar buni oʻziga daromad manbaiga aylantirib olgan.
Birgina iyunь oyida Toshkent shahrida tilanchilik bilan shugʻullanayotgan shaxslarga qarshi oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida 300 ga yaqin shaxs aniqlanib, tegishli choralar koʻrilgan.
Jumladan, 70 nafariga nisbatan Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 188−3-moddasi (Tilanchilik qilish) bilan maъmuriy qamoq jazosi tayinlangan, 47 nafari maъmuriy jarimaga tortilgan, 68 nafari bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan va sud tomonidan ogohlantirilgan.
Shuningdek, 44 nafar bola “Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi”iga topshirilgan.