12.09.2025 16:24
100

Pekin Sharqiy Turkistonni "genotsid laboratoriyasi"ga aylantirmoqda


Xitoy hukumati Urumchida Sharqiy Turkistonni boshqarish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Unda Ijtimoiy fanlar akademiyasining yangi boʻlimi ochilishi ham maъlum qilingan. Rasmiylarga koʻra, yangi boʻlim hududni «samarali boshqarish» uchun tashkil etilgan.

Majlisda Gʻarb tomonidan etnik genotsidda ayblanayotgan Chen Tsyuanьgo, Erkin Tuniyaz, shuningdek Akademiya rahbari Gao Syan chiqish qilgan. Ular Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan Uygʻur avtonom rayoni boʻyicha ishlab chiqilgan strategiyani "ijtimoiy barqarorlik va millatning ongini mustahkamlaydigan qurol" sifatida olqishlagan.

Maъlumot uchun, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi (CASS) – hukumat darajasidagi tadqiqot instituti va tahlil markazi hisoblanadi. Yangi boʻlim esa Xitoyning yarim yil ichida Sharqiy Turkistonda ochilgan uchinchi markazi hisoblanadi. Tahlilchilar fikricha, Pekin nazariy tadqiqot va amaliy choralarni uygʻunlashtirib, mintaqadagi bosqinchilik siyosatini yanada tizimlashtirmoqchi.

Mavzuga aloqador