16.07.2025 11:43
77
Pekin Sharqiy Turkistondagi qamoq lagerlarini kengaytirmoqda
Xitoy hukumati janubiy Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatida kasb-hunar oʻrgatish markazlarini kengaytirish uchun markaziy byudjetdan 70 million yuan ajratdi.
Bundan maqsad:
Xoʻtan, Toshqoʻrgʻon, Shayor tumanlari va Sharqiy Jungriya iqtisodiy zonasida yangi ongni tozalash lagerlari qurish;
Lagerlarning umumiy maydonini 21,8 ming m² ga kengaytirish;
Yillik quvvatni 26 000 kishiga oshirish;
Byudjetning 71,4% - viloyatning janubiy mintaqalari uchun sarflash hisoblanadi.
Biroq huquq himoyachilari buni majburiy assimilyatsiya qilish va lagerlarda ommaviy qamoqqa olish siyosatining davomi, deb hisoblaydilar. Tahlilchilar, markazlar deb atalgan inshootlar uygʻurlarni majburiy mehnat, mafkuraviy qayta ishlash va madaniy yoʻq qilish bilan tizimli ravishda bostirish vositasidir.