17.06.2024 13:22

Parijda Turkiya oʻzining haydovchisiz zirhli mashinasini namoyish etadi

Turk mudofaa sanoatida etakchi harbiy transport vositalari ishlab chiqaruvchisi Otokar bugun Parijda boshlanadigan Evropaning eng yirik mudofaa sanoati koʻrgazmalaridan biri –  Eurosatory'da oʻz texnikalarini taqdim etadi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Maʻʻlum boʻlishicha, kompaniyaning ushbu zirhli transport vositasi – ALPAR turklar tomonidan ilk marta xorijda taqdim etilayotgan haydovchisiz harbiy mashina hisoblanadi.

Uning maksimal ogʻirligi 15 tonnani tashkil etadi va gibrid elektr quvvati tufayli shovqinsiz harakatlanish imkoniyatiga ega.

Mutaxassislarning fikricha, Turkiyaning oʻzida oʻtgan yili taqdim etilgan ALPAR urush maydonida ham uyaltirib qoʻymaydi. Otokar zirhli mashinani allaqachon bir qator muhandislik va malaka sinovlaridan oʻtkazgan.

ALPAR yoʻlda oʻz harakatini boshqarishning takomillashtirilgan tizimlari va algoritmlari bilan jihozlangan boʻlib, u "A" nuqtadan "B" nuqtagacha patrullik qilish, oldingi avtomobilni kuzatib borish, 2D va 3D xaritalash funktsiyalariga ega.

Bundan tashqari avtonom transport vositasi dushman yoki terrorchi pozitsiyalariga qarata oʻt ochishi, dushman texnikalari yoki obʻʻektlarini asosiy qurollar yoki boshqariladigan raketalar yordamida yoʻq qilishi mumkin.

Bundan tashqari, u razvedka va kuzatuv, patrullik, chegara nazorati, mini-uchuvchisiz transport vositalari va dronlarni tashish hamda qator muhim missiyalarni bajarish xususiyatiga ega.

Mavzuga aloqador