07.07.2025 11:00
93
Oʻzbekistonning tashqi qarzi boʻyicha foiz toʻlovlari keskin oshmoqda
Oʻzbekistonning tashqi qarzi boʻyicha foiz toʻlovlari keskin oshmoqda
2025 yilning I choragida mamlakatimizning yalpi tashqi qarzi 68,4 mlrd dollarga etgan. ) Bunda, davlat tashqi qarzi 35,8 mlrd dollar, xususiy (korporativ) tashqi qarz esa 32,6 mlrd dollarga teng.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboevning tahlil qilishichahttps://t.me/Mirkonomika/2335, joriy yilning birinchi choragida yalpi tashqi qarz boʻyicha jami foiz toʻlovlari 881 mln dollarni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 12,4 foizga yoki 98 mln dollarga oshgan. 2024 yilning IV choragiga nisbatan esa foiz toʻlovlar 25,3 mln dollarga oshgan.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil davomida umumiy tashqi qarz 10,8 mlrd dollarga oshgandi. Bu statistika yuritila boshlangan 2013 yildan buyon eng yuqori oʻsish koʻrsatkichi hisoblanadi. Soʻnggi marta mamlakatning tashqi qarzi yuqori surъatlarda pandemiya davridagi 2020 yilda (9,2 mlrd dollar) va 2023 yilda (9,8 mlrd dollar) koʻpaygandi.