02.10.2025 15:25
128

Oʻzbekistonning tashqi qarzi 72 mlrd dollardan oshdi




2025 yil I yarmida Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi 72,2 mlrd dollarga etgan. Shundan davlat tashqi qarzi hajmi 36,8 mlrd dollar hamda korporativ tashqi qarz hajmi 35,4 mlrd dollarga teng boʻlgan. Oxirgi 3 oyda tashqi qarzimiz 3,8 mlrd dollarga, oxirgi 1 yilda esa 15,6 mlrd dollarga koʻpaygan.

Taqqoslash uchun, 2024 yil mos davrida respublika jami tashqi qarzi 56,6 mlrd dollar boʻlgan. Shundan 31 mlrd dollari davlat tashqi qarzi, 25,6 mlrd dollari korporativ tashqi qarzlar edi.

Davlat qarzi 2025 yil yakunida 45,1 milliard dollarga etishi prognoz qilingan. Bu yil yakunida kutilayotgan yalpi ichki mahsulotga (125 mlrd dollar) nisbatan 36,7 foizga teng degani. Joriy yilda 5,5 mlrd dollar miqdoridagi tashqi qarz olinishi belgilangan. Shundan 3 mlrd dollari byudjetni qoʻllab-quvvatlashga, qolgan 2,5 mlrd dollari investitsiya loyihalari uchun yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.

Mavzuga aloqador