30.05.2025 11:44
179
Oʻzbekistonning davlat qarzi 42 mlrd dollardan oshdi
1 aprelь holatiga koʻra Oʻzbekistonning davlat qarzi 42,4 mlrd dollardan oshgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi saytida maъlum qilinishicha, 2025 yil yanvarь–mart oylarida Oʻzbekiston davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga koʻpayib, 42,4 mlrd dollardan oshgan. Shundan tashqi qarz 35,5 mlrd dollarni, ichki qarz 6,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
Chet eldan jalb qilingan kredilarning 19,7 mlrd dollaridan qatъiy belgilangan 15,7 mlrd dollari oʻzgaruvchan foiz stavkada olingan.
Davlat qarzi tarkibida tashqi qarz ulushi tez oʻsib bormoqda. Masalan, oʻtgan yili xorijdan olingan kreditlar miqdori har chorakda 1,4 mlrd dollardan koʻpayib borgan.
Vazirlik hisobotiga koʻra, davlat tashqi qarzining 19,3 mlrd dollari yoki 54 foizini xalqaro moliya institutlari bergan. Bunda eng yirik kreditorlar Jahon banki (7,74 mlrd dollar) va Osiyo taraqqiyot banki (7,44 mlrd dollar) boʻlgan.