11.07.2025 10:39
50

Oʻzbekistonliklarning chorak qismi toʻy qilish uchun qarz oladi



Oʻzbekiston aholisining 25 foizdan koʻprogʻi toʻy qilish uchun qarz oladi. 

"Yuksalish" harakati oʻtkazgan soʻrovnomada qatnashganlarning 41,1 foizi "elga toʻy berishim kerak" degan majburiyat sabab toʻyga katta xarajat qilishini aytgan.
  
Soʻrovnomada jami 1247 kishi ishtirok etgan. Shundan 18−30 yoshlilar 34,3 foizni, 30−45 yoshlilar 35,5 foizni, 50 yoshdan kattalar esa 30,2 foizni tashkil qilgan. 

Tadqiqot poytaxt, viloyat markazlari va tumanlarni oʻz ichiga olgan holda mamlakatning turli hududlaridan boʻlgan fuqarolarni qamrab olgan. 

Ajablanarlisi, "Toʻy qanday boʻlishi kerak?" degan savolga respondentlarning aksariyati – 39,62 foizi – "Kamtarona" variantini tanlagan. "Dabdabali, hashamatli" variantini esa atigi 6,66 foiz respondent afzal koʻrgan.

Mavzuga aloqador