02.06.2025 15:30
116

Oʻzbekistonliklarning BAA aeroportida ushlab turilgani boʻyicha izoh berildi



Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov Oʻzbekiston fuqarolari BAA aeroportlarida ushlab turilgani yuzasidan izoh berdi.

Unga koʻra, vazirlik BAAdagi turli aeroportlar orqali mamlakat hududiga kirib kelayotgan xorijliklarning, shu jumladan, Oʻzbekiston fuqarolarining tekshiruvlari choʻzilib ketayotgani boʻyicha holatlarni alohida monitoring qilib bormoqda.

Burxonovning taъkidlashicha, ayni paytda vatandoshlarimizning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlar koʻrilmoqda. 

"Mamlakatimizning Abu Dabi shahridagi elchixonasi hamda Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi BAAning tegishli tashkilotlari bilan ushbu masalada zudlik bilan muzokaralar oʻtkazdi va vaziyatni yaxshilash boʻyicha doimiy aloqada boʻlib turmoqda", deyiladi bayonotda.

Hozirda Oʻzbekiston fuqarolarini tezlik bilan tekshiruvdan oʻtkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan.

Mavzuga aloqador