19.06.2024 13:32

Oʻzbekistonlik hojilar 22 iyundan qaytishni boshlashadi

 

Oʻzbekistonlik hojilar 22 iyunʻ-12 iyulʻ kunlari mamlakatga qaytadi. Jiddadan 10 ta hudud – Toshkent, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri “Uzbekistan Airways” aviqatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.

“Haj – 2024” mavsumi ibodatlarini nihoyasiga etkazayotgan hojilar 22 iyunʻ – 12 iyulʻ kunlari Oʻzbekistonga qaytib keladi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekistonliklar Jidda shahridan 10 ta hudud – Toshkent, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga “Uzbekistan Airways”ning toʻgʻridan-toʻgʻri aviqatnovlari orqali qaytib keladilar.

Tashish ishlariga “Uzbekistan Airways” aktsiyadorlik jamiyatidan malakali uchuvchi va bort kuzatuvchilari jalb etilgan. Hojilarga havo sahnida turli taom va ichimliklar taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, 23 may kuni Oʻzbekistondan ilk ziyoratchilar Haj amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga uchgan edi. 7 iyunga qadar Oʻzbekiston shaharlaridan Madina shahriga jami 124 ta charter aviaqatnovi orqali 15 130 nafar yoʻlovchi tashuvi amalga oshirildi.

Mavzuga aloqador