14.08.2025 16:24
34
Oʻzbekistonga Saudiyadan noyob artefaktlar olib kelindi
Saudiyadan Islom tsivilizatsiyasi markazida namoyish etish uchun 13 ta nodir va qimmatbaho eksponat olib kelindi. Eksponatlar 2025 yil sentyabridan 2026 yil mart oyigacha Oʻzbekistonda namoyish etiladi. Ular islom dunyosi tarixi, madaniyati va Oʻzbekistonning maъnaviy merosi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yurtdoshlarimiz va xorijiy mehmonlarga boy tarixiy xazina bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Markaz ilmiy xodimi Elyor Mullajonovning aytishicha, eksponatlar orasida eng nodirlaridan biri — Mamluklar davridagi Muqaddas Kaъba kalitlari jezdan yasalgan, kumush bilan bezatilgan va Qurъon oyatlari oʻyib yozilgan noyob asar hisoblanadi.
Koʻrgazmada namoyish etiladigan asarlar turli davr va hududlarga mansub boʻlib, ular orasida:
▪️Gʻaznaviylar davridagi qumgan — oʻyma naqshlar bilan bezatilgan quyma bronza namunasi;
▪️Saljuqiylar davridagi siyohdon — toshdan oʻyilgan badiiy asar;
▪️Ilk islom davri sopol laganlari — hijriy IV–V asrlarda yaratilgan;
▪️Qurъon qoʻlyozmalari — Sharqiy kufiy va nasx xatda bezakli nusxalar;
▪️Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonuni” asaridan sahifalar — 1549 yildagi ilk nashrdan;
▪️Mahmal — Kaъba kisvasini tashishda ishlatilgan marosimiy hovlid;
▪️Hazrati Ibrohim maqomi pardasi — Usmoniylar davrida tikilgan noyob asar;
▪️Shaxmat toshlari — hayvon suyagidan oʻyilgan oʻyin jihozlari;
▪️Tarixiy kitob muqovasi — oltin va boʻyoqlar bilan bezatilgan Markaziy Osiyo namunasi.
Mazkur hamkorlik nafaqat islom dunyosi madaniy merosini keng targʻib etadi, balki Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashi aytilmoqda.