02.09.2025 17:40
145

Oʻzbekistonga keluvchi xitoylik sayyohlar soni 3 mlnga etkaziladi



Xitoy poytaxti Pekin shahrida Oʻzbekiston Turizm ofisi ochildi. Ochilish marosimi 1-sentyabr kuni, Shavkat Mirziyoevning Xitoyga tashrifi doirasida oʻtkazilgan. 

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar Turizm ofisi Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi sayyohlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim rol oʻynashini hamda mazkur ofis Xitoydagi yirik turistik kompaniyalarga Oʻzbekiston bozoriga kirishda, hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashishini taъkidlagan.

Xabarda taъkidlanishicha, Oʻzbekiston tomoni 2030-yilga kelib Xitoydan mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini 3 mln nafarga etkazishni maqsad qilgan. Pekindagi yangi turizm ofisi esa ushbu ulkan maqsad sari tashlangan muhim qadamlardan biridir.

 
Maъlumot uchun, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida 2025 yil 1 iyundan 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kirgandi. 

Mavzuga aloqador