16.07.2025 07:10
172
Oʻzbekistonga eng koʻp sayyoh qaysi davlatdan kelmoqda?
2025 yil yanvarь–may oylarida Oʻzbekistonga 4,2 million nafar chet el fuqarolari sayohat uchun kelgan. Bu koʻrsatkich 2024 yil mos davridagiga qaraganda 1,4 million nafarga (48,2 foiz) koʻp. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maъlum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatga eng koʻp sayyoh Qirgʻizistondan tashrif buyurgan –1 280,1 ming nafar — 1,3 million nafar. Keyingi oʻrinlarni Tojikiston (993,7 ming nafar) va Qozogʻiston (889,6 ming nafar) vakillari band etgan. Qolgan davlatlardan kelgan sayyohlar soni quyidagicha:
Rossiya – 334,3 ming nafar;
Afgʻoniston – 199,2 ming nafar;
Turkmaniston – 142,5 ming nafar;
Turkiya – 65,8 ming nafar;
Xitoy – 51,9 ming nafar;
Hindiston – 28,5 ming nafar;
Italiya – 17,4 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 201,1 ming nafar.
Maъlumot uchun, 2023 yil yanvarь–may oylarida Oʻzbekistonga 2,6 million nafar sayoh kelgandi. Ular orasida eng koʻpi Tojikiston (797,8 ming nafar) fuqarolari boʻlgan.