04.05.2024 10:30

Oʻzbekistonda zoʻravonni tuzatish dasturi ishlab chiqiladi




Oʻzbekistonda himoya orderini berish bilan bir vaqtda zoʻravonni tuzatish dasturi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, ichki ishlar organlari tomonidan zoʻravonlarning reestrini yuritish tartibi joriy etiladi.


Oʻzbekistonda zoʻravonlik holatlarida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning 3 bosqichli yangi tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.  Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi (https://president.uz/uz/lists/view/7209).

Unga koʻra, mahalla darajasida   ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori va xotin-qizlar faoli tomonidan tazyiq holati oʻrganilib, doimiy kuzatib boriladi. 

Bundan tashqari, taʻʻlim va mehnat munosabatlarida zoʻravonlikning oldini olish choralari ham koʻriladi. 

Shuningdek, himoya orderini berish bilan bir vaqtda zoʻravonni tuzatish dasturi ishlab chiqiladi va “Inson” markazi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

Ichki ishlar organlari tomonidan zoʻravonlarning reestrini yuritish tartibi joriy etiladi.

Bu sohada nodavlat notijorat tashkilotlari rivojlantiriladi.

Mavzuga aloqador