13.03.2025 13:32
381
Oʻzbekistonda xitoyliklarning koʻpayishidan xalq norozi – Yeni Şafak
Oʻzbekistonda xitoyliklarning koʻpayishi oddiy xalq orasida jiddiy xavotirlarga sabab boʻlayotgani hatto xorij nashrlarining ham eъtiborini tortdi. Jumladan, Turkiyaning "Yeni Şafak" nashri oʻzbekistonliklarning aksariyati mamlakatda Xitoyning taъsiri ortib borayotgani va bunga hukumatning tomoshabin boʻlib turganidan norozi ekani haqida yozdi.
"Yaqinda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida 2025 yilning aprelida kuchga kiradigan 30 kunlik vizasiz rejim toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi, bu esa jamoatchilik oʻrtasida yangi munozaralarga sabab boʻldi.
Xitoy kompaniyalarining tez surъatlarda kengayishi, yirik investitsiyalar va turli ommaviy tadbirlarning oʻtkazilishi iqtisodiy raqobat, madaniy taъsir va er masalalari boʻyicha xavotirlarni yanada kuchaytirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa, xitoyliklarga nisbatan tanqidlar va norozilik namoyishlariga chaqiriqlar tobora koʻpaymoqda", deb yozadi nashr.