04.08.2025 06:25
78
Oʻzbekistonda "Vatanga qaytarish" xayriya aktsiyasi boshlandi
30 iyulь - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan joriy yil 30 iyuldan 30 avgustgacha «Vatanga qaytarish» nomli xayriya aktsiyasi oʻtkazilmoqda.
Aktsiya Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilyapti.
Aktsiya doirasida xorij davlatlarida ogʻir sharoitda qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish maqsad qilingan.
Murojaat uchun: Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, Oʻzbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot yoki 12-82 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.