24.07.2025 07:19
86
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib bormoqda
2025 yil 1 iyulь holatiga koʻra, Oʻzbekiston aholisi soni 37 million 860 ming kishiga etdi. Mazkur koʻrsatkich 2024 yil iyulidagiga nisbatan 2 foizga koʻp. Yarim yil davomida aholi sonining tabiiy oʻsishi 321,4 ming kishiga teng boʻldi.
Eng koʻp aholi Samarqand (4,3 mln kishi) va Fargʻona (4,2 mln kishi) viloyatlarida yashamoqda. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida — 938,5 ming kishi.
Oʻzbekistonda 2025 yil yanvarь iyunь oylarida 405,5 ming chaqaloq tugʻildi. Shundan 209,6 ming nafari oʻgʻil (51,7 foiz), 195,9 ming nafari (48,3 foiz) qiz bolalar. Shahar joylarida 197,8 ming, qishloqlarda 207,7 ming chaqaloq dunyoga kelgan.
Joriy tugʻilishlar soni 2024 yil mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga, 2023 yil I yarmiga qaraganda 29,1 ming nafarga kamaygan.