28.02.2025 14:26
1047
Oʻzbekistonda Temu bloklanishi mumkin
Xitoyning Temu marketpleysi Oʻzbekistonda yaqin orada bloklanishi mumkin. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari maъlum qildi.
2025 yil 1 iyuldan boshlab, Oʻzbekistonda xorijiy elektron tijorat platformalari faoliyat yuritishi uchun yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi va soliq toʻlovchi boʻlishi shart. Temu hali bu talabni bajarmagan.
“Agar ular rasmiy roʻyxatdan oʻtmasa, faoliyati toʻxtatilishi mumkin”, deydi agentlik vakili.
Rasmiylarning aytishicha, Temu soliq va bojxona toʻlovlaridan qochmoqda, shuningdek, 2024 yilda Oʻzbekistondan 10 million dollar miqdordagi valyutani olib chiqib ketgan.
Shu sababli, Temu bilan birga AliExpress, Amazon, Ozon, Netflix, Spotify va boshqa xalqaro onlayn servislar ham mamlakatda rasmiylashishi talab qilinadi.