19.07.2025 15:48
120

Oʻzbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni kamayib bormoqda



2025 yil yanvarь-iyunь oylarida Oʻzbekistonda sudlar tomonidan 204 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Taqqoslash uchun, 2024 yil I yarmida 465 kishi oqlangan edi. Mazkur raqam joriy yilning dastlabki davridagiga qaraganda 2,5 baravar koʻp. Statistik raqamlarga koʻra, 2023 yilning ilk olti oyida 564 nafar, 2022 yil mos davrida 468 nafar shaxs oqlangan. 

Oʻtgan 2024 yilda yilda sudlar tomonidan jami 723 nafar shaxs oqlangan. Bu oxirgi etti yil ichidagi eng kam koʻrsatkich hisoblanadi.

Mavzuga aloqador