Isroilning Gʻazoga hujumlari Ispaniyada islomga boʻlgan qiziqishni oshirdi hamda islomni qabul qilganlar soni ortib bormoqda.
Ispaniya Islom Jamiyati Assotsiatsiyasi va Granada jome Masjid jamg‘armasi prezidenti Umar del Pozo, Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlari bilan jamoatchilikning Falastin masalasiga qiziqishi ortganini va Islomni qabul qilganlar soni ko‘payib boryotganini takidladi.
Ispaniyaning janubidagi Andalusiya avtonom viloyatidagi Granada shahrida yashovchi Del Pozo, "Falastin masalasi endi odamlarni ko‘proq savol berishga undamoqda. Balki birinchi marta yevropaliklar haqiqatni ko‘ra boshladilar" deydi.
Deyarli har hafta bir kishi Granadadagi jome masjidda shahodat aytib musulmon bo‘layotganini, ba’zan esa bu raqam ikkiga ko‘payganini ta’kidlagan Del Pozo, odatda islomni turmush o‘rtog‘i yoki ijtimoiy tarmoqdan o‘rganganlar hozirda Falastin masalasi tufayli musulmonlarga tobora yaqinlashib borayotganini ta’kidladi.
"Ular Isroilning hujumlarini va yolg‘onlarini ko‘rishmoqda. Natijada ular o‘zlariga va atrofdagilarga yana ham ko‘proq savol bera boshladilar”, degan Del Pozo.“Ular shu paytgacha (falastinliklar terrorchi, isroilliklar esa bechoralar) deb bilgan narsalarining aslida aksincha ekanligini ko‘moqdalar shu paytgacha bilmagan faktlardan xabardor bo‘layaptilar" dedi.
Yevropada ko‘p odamlar falastinliklarning boshidan kechirganlarini ko‘rib, Islom dinini taniganligini ta’kidlagan Del Pozo so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi:
"Falastinliklarning barcha hujumlarga qaramay uylariga qaytishga harakat qilayotganini va ertaga o‘ldirilishini bilsalar ham o‘z tuproqlarida yashash uchun kurashayotganliklarini ko‘rganlarida, ichki so‘roqlari kuchayadi. "Bu yerda men bilmagan bir ma’naviy narsa bor" deyishmoqda. Chunki odatda bunday kuchli o‘lim tahdidi bor ekan yaxshiroq bir yerga ketishga urunadi kishi.Lekin ular qolib kurashmoqdalar. Bular sabab barcha mantiq qoidalaridan tashqarida bir manaviy kuch bor ekanini ko‘rmoqdalar. Shu zayl islomni kashf qilmoqdalar".
Del Pozo, shuningdek, 24 noyabr kuni Falastinliklar uchun jome masjidda juda ko‘pchilik ishtirokida Qur’oni Karim o‘qilib, duolar o‘qilganini bildirdi.
U ichki xotirjamlikni topdi!
Boshqa tomondan, 26 yoshli Nahuel Kalderon qiz o‘rtog‘i tufayli Islom dinini yaqindan tanishni boshlaganini va yaqinda musulmon bo‘lganini aytdi.
Kalderon, "Hozir ichki huzurimni yana ham ko‘payganini, xotirjam hayot kechiryotganimni aytishim mumkin. Endi odamlarning oldilarida Islomni o‘rganish uchun juda ko‘p ma’lumotlar borligini ko‘ramoqdaman. Biroz qiziqqan va ichki huzur izlayotgan har bir kishi osongina İslomga erishishi mumkin.
Granadada 37 mingga yaqin musulmon istiqomat qilsa, ularning 4 mingga yaqini islomni qabul qilgan ispanlar va ularning uchinchi avlod farzandlaridir.
Ispaniyada ko‘pchiligi kelib chiqishi Marokash, Pokiston, Bangladesh, Senegal va Jazoirdan bo‘lgan 3 millionga yaqin musulmon aholisi asosan Kataloniya, Valensiya, Andalusiya va Madrid mintaqalarida istiqomat qiladi.