28.05.2025 11:35
72
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6 iyunga toʻgʻri kelmoqda
Oʻzbekistonda Zulhijja oyining birinchi kuni bugun, 28 mayga toʻgʻri keldi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi maъlum qildi.
Hijriy-qamariy yil hisobi boʻyicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. Shunga koʻra, Oʻzbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyunь, juma kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. Oʻz navbatida arafa kuni 5 iyunь, payshanba kunida nishonlanadi.
Hijriy taqvimga koʻra, Qurbon hayiti Zulhijjaning 10-kuni bomdod namozidan soʻng boshlanib, 13-kuni asr namoziga qadar davom etadi.
Hozircha Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam olinishi rasman eъlon qilingani yoʻq.