Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent-Samarqand pulli yoʻlini qurishni boshlash koʻzda tutilgan qarorni imzoladi. Hujjatga koʻra, sentyabrda tender oʻtkazilib, ishlar dekabrda boshlanishi kerak. Loyihani 2028 yilda yakunlash hamda xususiy-davlat sheriklik asosida boshqaruvni xususiy operatorga topshirish rejalashtirilmoqda. Toshkent-Andijon, Samarqand-Buxoro pulli yoʻllari, “Taxtaqoracha” dovonida tunnel qurish ham rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 avgust kuni Toshkent-Samarqand pulli yoʻlini qurishni boshlash koʻzda tutilgan qarorni imzoladi. Hujjatga koʻra, joriy yilning sentyabrʻ oyida Toshkent-Samarqand pulli yoʻlini qurish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish boʻyicha tender eʻʻlon qilinadi.

Dekabrʻ oyida esa pudratchi aniqlanib, u bilan shartnoma tuziladi va qurilish boshlanadi. Ishlarni 2028 yil oxirigacha yakunlash, keyin esa boshqaruvni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy operatorga oʻtkazish koʻzda tutilgan. Loyihaning dastlabki qiymati 2,2 milliard dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, Jahon banki koʻmagida 303 km uzunlikdagi Toshkent-Andijon pulli yoʻlini qurish rejalashtirilgan. May oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumida transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriev Toshkent-Andijon yoʻnalishidagi pulli avtomobilʻ yoʻlining narxi 4,65 milliard dollariga baholanayotganini maʻʻlum qilgandi.

Qarorda oktyabrʻ oyida loyiha kontseptsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash, 2025 yil mart oyida tenderning birinchi bosqichini oʻtkazish, oktyabrʻ oyida tenderning ikkinchi bosqichini oʻtkazish, 2026 yil aprelʻ oyida gʻolibni eʻʻlon qilish va u bilan DXSh shartnomasini tuzish belgilangan.

Transport sohasidagi loyihalar orasida 2027−2030 yillarda Samarqand va Buxoro oʻrtasida 1 milliard dollarlik pulli yoʻl qurilishi ham bor.

Bundan tashqari, «Taxtaqoracha» dovonida pulli tunnelʻ qurilishi belgilangan. Yil yakuniga qadar salohiyatli strategik kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish, 2025 yil avgustiga qadar loyiha kontseptsiyasini tasdiqlash, 2026 yil fevraliga qadar xususiy sherikni tanlash, 2026 yil dekabriga qadar DXSh shartnomasini imzolash topshirildi.

Loyihaning qiymati 100 million dollarga baholanmoqda. Uning uzunligi, avval xabar qilinganidek, 4,4 km boʻlishi kerak. Oʻtgan yilning oktyabrʻ oyida prezident Shavkat Mirziyoev tunnelʻ qurilishi 2024 yilda boshlanishini aytgan edi.

Mavzuga aloqador