Oʻzbekistonda oltin eksporti oʻsdi, energiya importi esa qisqardi
Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston shu yilning birinchi choragida $3,57 mlrd qiymatda oltin eksport qilganini maъlum qildi. Gazeta.uz’ning yozishicha, Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 34% koʻp.
Qimmatbaho metalllar mamlakat umumiy eksportining 44%ini tashkil etdi. Yanvarь oyida eksport boʻlmagan boʻlsa, fevralda $1,73 mlrd, martda esa $1,84 mlrd qiymatda oltin chetga chiqarilgan. Oltinning umumiy eksportdagi ulushi 40,9%dan 44%gacha koʻtarildi, deyiladi xabar matnida.
Qoʻmitaga koʻra, tashqi savdo aylanmasi $17,3 mlrdga etgan (+8,6%), shundan eksport $8,1 mlrdni tashkil etgan (+24,4%), import esa $9,2 mlrdgacha kamaygan (-2,3%).
Oltinsiz hisoblaganda, tashqi savdo aylanmasidagi oʻsish atigi 3,5%ni tashkil etadi. Bu eksportning asosiy qismini oltin taъminlayotganini koʻrsatadi, deydi Gazeta.uz.
Energetika sohasida esa import keskin kamaygan. Neftь va neft mahsulotlari importi $443,1 mlnni tashkil etib, 16%ga qisqargan. Gaz importi esa 8,5 barobarga qamayib, $38,5 mlnga tushgan. Bu raqam 2024 yil hisoboti boʻyicha $329 mln deb koʻrsatilgan boʻlsa-da, rasmiy deklaratsiyalarda atigi $298 mln tasdiqlangan.
Statistika qoʻmitasining qayd etishicha, gaz eksporti 2,5 baravarga oʻsib, $94,3 mlnga etdi. Elektr energiyasi eksporti ham 12,6%ga ortib, $49,3 mlnni tashkil etdi. Bunda koʻrinadiki, mamlakatning tashqi energetik muhtojlik darajasi qisqarib bormoqda.