Oltin narxi rekord darajaga etdi
Jahon bozorida oltin narxi 3 250 dollardan oshdi. Bu oʻsish savdo urushlari, global iqtisodiy zoʻriqishlar va AQSh dollarining qadrsizlanishi bilan bogʻliq, deya xabar qildi Interfaks.
Comex birjasida iyun oyi uchun fьyucherslar 2,2 foizga oshib, 3 246,2 dollarni, savdolar chogʻida esa 3 255,9 dollarni tashkil etdi. Bu mutlaq tarixiy rekord sifatida baholanmoqda.
Mutaxassislar DXY indeksi 2022 yildan buyon eng past darajaga tushgani va xorijiy investorlar ishonchining pasayganini qayd etmoqda. AQSh va Xitoy oʻrtasidagi tarif keskinliklari esa global inqiroz xavfini yanada oshirdi.
Hozirda investorlar xavfsiz aktiv sifatida oltinga murojaat qilmoqda, deyiladi xabarda.
UBS tahlilchisi Jovanni Staunovoning baholashicha, yaqin oylarda oltin narxi 3 400–3 500 dollargacha oʻsishi mumkin. 2023 yilda 1 900 dollar boʻlgan oltin narxi 2025 yil aprelida ilk bor 3 250 dollardan oshdi.