29.04.2024 12:25

Oʻzbekistonda nikohlar soni kamaydi

2024 yil yanvarʻ-mart oylarida Oʻzbekistonda qariyb 48,6 mingta nikoh qayd etildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 900 taga kam. Nikohlarda ayollarning oʻrtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning oʻrtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etdi. Nikohdan ajralishlar soni 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga koʻpaygan.

2024 yil yanvarʻ-mart oylarida Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 48 582 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 900 taga kamaygan. 2021 yilning mos davri bilan taqqoslanganda 11,3 mingtaga kamaygan. Bu haqda Statistika agentigi maʻʻlum qildi.

2024 yil yanvarʻ-mart oylari davomida qayd etilgan nikohlarda ayollarning oʻrtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning oʻrtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etgan. Qayd etilgan nikohlarning eng katta ulushi 25 yoshgacha boʻlgan ayollarga toʻgʻri kelgan, yaʻʻni jami nikohlarning 77,2 foizini tashkil etgan.

2024 yil yanvarʻ-mart oylarida qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni 11,5 mingtani tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 3,7 mingtaga yoki 1,5 barobarga koʻpayganligi kuzatildi.

2024 yil yanvarʻ-mart oylarida farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 5301 tani (46,2 foiz), 1 nafar farzand bilan ajralishlar soni 3402 tani (29,6 foiz), 2 va undan ortiq farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 2778 tani (24,2) tashkil etgan.

Nikohdan ajrashganlarning oʻrtacha yoshi 2024 yilning yanvarʻ-mart oylarida erkaklar uchun 37,4 yoshni, ayollar uchun 32,5 yoshni tashkil etgan. Nikohdan ajrashganlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha boʻlgan ajralayotgan ayollarga toʻgʻri kelgan, yaʻʻni jami nikohdan ajrashganlarning 62,5 foizini tashkil etgan.

Mavzuga aloqador