08.10.2025 12:03
61

Oʻzbekistonda Meta kompaniyasining vakolatxonasi ochilishi mumkin



Oʻzbekistonda Facebook, Instagram, WhatsApp Threads tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Meta kompaniyasi oʻz vakolatxonasini ochishi mumkin. 

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi axborot xizmatiga koʻra, 7 oktyabrь kuni agentlikda kompaniya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan. Xususan, Meta'ning Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun davlat siyosati boʻyicha direktori Sarim Aziz, Markaziy Osiyo, Moʻgʻuliston, Shri-Lanka va Maldiv orollari uchun davlat siyosati boʻyicha rahbar Senura Abeyvardena, Markaziy Osiyo, Gonkong va Tayvan boʻyicha hukumat bilan aloqalar va ijtimoiy tashabbuslar boʻyicha rahbar Aurora Li hamda Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston uchun davlat siyosati boʻyicha mintaqaviy menejer Erasil Kalixan ishtirok etgan.

Muhokamada Oʻzbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari, reklamani ilgari surish va kompaniya platformalarida joylashtirishda firibgarlikning oldini olish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, kontentni monetizatsiya qilish va mamlakatdagi raqamli kontent yaratuvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilarni himoya qilish va adolatli monetizatsiya tizimini rivojlantirish boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri muloqot oʻrnatish va tajriba almashish muhimligini qayd etdi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi uchrashuvda raqamli xavfsizlik, reklama shaffofligi, masъuliyatli raqamli xulq-atvorni targʻib qilish masalalariga alohida eъtibor qaratilganini qayd etgan. Tomonlar oʻzaro hamkorlikni davom ettirish va uning muayyan yoʻnalishlarini oʻrganishga kelishib olgan.

Mavzuga aloqador